Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon

// 23.06.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (160.15 KB)

“International hotel Tashkent” mehmonxonasida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferentsiya bo'lib o'tmoqda.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad – bundan ikki yil oldin – 2019 yil 27 iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–4366-son qarori ijrosini sarhisob qilish, erishilgan yutqularni e'tirof etib, kamchiliklarni bartaraf etish masalalarini muhokama etish hamda  matbuot kotiblari o'zaro tajriba almashishi uchun samarali muhit yaratishdir.

Konferentsiyada davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari matbuot xizmati rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.