Ma’lumki, yoshlar mamlakat taraqqiyotining asosiy kuchi hisoblanadi. Ayniqsa, tarmoq va korxonalardagi yangilanishlar ham ularning faol ishtiroki bilan bog‘liq. Shu boisdan ham yurtimizda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida an’anaviy tarzda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazilib kelinayotgani ham shunday tadbirlar bilan mushtarakdir.
Joriy yilning 11-dekabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati, unda ayni paytga qadar amalga amalga oshirilgan loyihalar va kelgusi rejalariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Texnopark rahbariyati, rezidentlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
EKSKLYuZIV: Arab shayxi O'zbekistonga milliardlab dollar miqdorida sarmoya kiritmoqchi Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri — “Ajlan&Bros Group” yurtimizda o'nlab besh yulduzli mehmonxonalar qurib, ipakchilik va paxta klasterlarini amalga oshiradi.
Qashqadaryo viloyatidagi “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasida keng ko'lamli qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Prezidentimizning 2011 yil 17 noyabrdagi “Dehqonobod kaliyli o'g'it zavodini ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (II-bosqich)” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.
2022-yil yanvar-sentyabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 417 tani tashkil etib, 94 tasi yuridik shaxslardan, 323 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 71 tasi qanoatlantirilgan, 346 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ davlat qonun hujjatlari va integrallashgan menejment tizimi boʻyicha ISO 14001 xalqaro standartlari, shuningdek, ESG barqaror rivojlanish strategiyasi tamoyillariga tayanadi va ularga amal qiladi. Kompaniya quyidagi yoʻnalishlarga qaratilgan ekologik siyosat yuritadi: • atrof-muhitga salbiy taʼsirni minimal darajaga tushirish, jumladan: • atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini kamaytirish; • oqova sularni tashlamalarini kamaytirish; • tarmoq korxonalari faoliyati natijasida hosil boʻlgan chiqindilar hajmini kamaytirish; • chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish hajmini oshirish, kam chiqindili va “yashil” texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish; • iqlim oʻzgarishiga olib keluvchi issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish: • “yashil” texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etish; • alternativ energiya manbalari va boshqa resurslardan foydalanish; • issiqxona gazlarining salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan hisob-kitob metodologiyalari va chora-tadbirlarni ishlab chiqish; • energiya sarfi kam va atrof-muhitga taʼsiri minimal boʻlgan, xalqaro talablarga javob beradigan ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish; • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish; • ekologik faoliyatni yaxshilash maqsadida strategiyani doimiy ravishda takomillashtirish; • xodimlarning oʻz sohalaridagi malakasini doimiy ravishda oshirish; • barcha xoʻjalik faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha hokimiyatlar, nazorat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; • innovatsion yondashuvlar, mahsulot ishlab chiqarishdagi yangiliklar va samarali ish usullarini ishlab chiqishda ishtirok etgan xodimlarni ragʻbatlantirish orqali ularning malakasini oshirishni taʼminlash; • energiya resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, alternativ/tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish imkoniyatlarini oʻrganishni taʼminlash.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga! “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 5-sentabr kuni soat 12:00 da masofadan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish “eVote” platformasi orqali oʻtkaziladi.
T/r Murojaatda ko‘tarilgan masalalar Jami murojaatlar Yozma murojaatlar Elektron murojaatlar Og‘zaki murojaatlar (shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas’ul ...
T/r Murojaatda ko‘tarilgan masalalar Jami murojaatlar Yozma murojaatlar Elektron murojaatlar Og‘zaki murojaatlar (shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas&rsquo...
O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalariga davlat miqyosida ustuvor e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovich rahbarligida yoshlarning ta’lim olishi, ish bilan ta’minlanishi, kasbiy o‘sishi va shaxsiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha har tomonlama ishlar amalga oshirilmoqda.