Ekologiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va iqlimning oʻzgarishi sohasidagi “Oʻzkimyosanoat” AJ siyosati

“Oʻzkimyosanoat” AJ davlat qonun hujjatlari va integrallashgan menejment tizimi boʻyicha ISO 14001 xalqaro standartlari, shuningdek, ESG barqaror rivojlanish strategiyasi tamoyillariga tayanadi va ularga amal qiladi.
Kompaniya quyidagi yoʻnalishlarga qaratilgan ekologik siyosat yuritadi:
• atrof-muhitga salbiy taʼsirni minimal darajaga tushirish, jumladan:
atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini kamaytirish;
oqova sularni tashlamalarini kamaytirish;
tarmoq korxonalari faoliyati natijasida hosil boʻlgan chiqindilar hajmini kamaytirish;
• chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish hajmini oshirish, kam chiqindili va “yashil” texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish;
• iqlim oʻzgarishiga olib keluvchi issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish:
“yashil” texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etish;
alternativ energiya manbalari va boshqa resurslardan foydalanish;
issiqxona gazlarining salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan hisob-kitob metodologiyalari va chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
• energiya sarfi kam va atrof-muhitga taʼsiri minimal boʻlgan, xalqaro talablarga javob beradigan ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish;
• tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish;
• ekologik faoliyatni yaxshilash maqsadida strategiyani doimiy ravishda takomillashtirish;
• xodimlarning oʻz sohalaridagi malakasini doimiy ravishda oshirish;
• barcha xoʻjalik faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha hokimiyatlar, nazorat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
• innovatsion yondashuvlar, mahsulot ishlab chiqarishdagi yangiliklar va samarali ish usullarini ishlab chiqishda ishtirok etgan xodimlarni ragʻbatlantirish orqali ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
• energiya resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, alternativ/tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish imkoniyatlarini oʻrganishni taʼminlash.


So'nggi yangilash sanasi: 20.06.2025