“O‘zkimyosanoat” AJ ishlab chiqarish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy harakatlar olib bormoqda.
Xususan, tarmoq korxonalari tomonidan 2024 yil bahor va kuz mavsumlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jami 1,2 mln. tup, ulardan 719 ming tup bahor mavsumida va 481 ming tup kuz mavsumida ekilishi rejalashtirilgan.
Hisobotda Jamiyatning atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruvga (ESG) bogʻliq yondashuvlari taqdim etilgan. Ushbu hisobot Global Reporting Initiative (GRI) xalqaro standartlari asosida tayyorlangan boʻlib, kompaniyaning barqaror rivojlanish, korporativ boshqaruv, atrof-muhit va ijtimoiy koʻrsatkichlari boʻyicha natijalarni oʻz ichiga oladi hamda kompaniyaning oshkoralik va javobgarlikka boʻlgan intilishini aks ettiradi.
Korxonaning ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
“O‘zkimyosanoat” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 17-19-iyun kunlari Navoiy shahri delegatsiyasi vakillari Xitoyning Xunan provinsiyasi Chjuchjou shahriga qilgan xizmat safari chog‘ida tomonlar o‘rtasida 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan memorandum imzolangan.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Xitoy Fanlar akademiyasining Xefey fizika fanlari instituti tadqiqotchilari ekinlar va ekologik xavfsizlikka eʼtibor qaratgan holda zararkunandalarga qarshi samarali kurashni taʼminlovchi yangi “yashil” pestisid formulasini yaratdilar.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ekologik barqarorlikni oshirish hamda muammolarni hal etish maqsadida Jamiyatning Texnik jihatdan tartibga solish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish departamenti Ekologiya va “yashil” iqtisodiyot boʻlimi xodimlari 1-2-may kunlari “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda boʻlishdi.
Oʻzbekona qadriyatlar tarannumiga aylangan ushbu anʻana jamoada hamjihatlik, urf-odatlarga sadoqat va ehtiromni namoyon etadi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Strategy Partners konsalting kompaniyasi jigarrang dengiz o‘tlaridan olinadigan tabiiy polisaxaridlar, ya’ni alganitlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Ushbu modda oziq-ovqat, farmatsevtika, to‘qimachilik va qog‘oz sanoati, kosmetologiya va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi.
Bugun “Ammofos-Maxam” AJda “Qadriyating boqiy boʻlsin, Navroʻz” shiori ostida bayram sayli tashkil etildi. Tadbir doirasida sex va bo‘linmalar tomonidan yurtimiz viloyatlarining tarixi, milliy qadriyatlari va an’anaviy taomlari namoyish etildi.