Filialga hujjatlarni topshirish 15 iyulgacha uzaytirildi. Imtihonlar jadval asosida 14 iyuldan boshlanadi. 14 va 15 iyul kunlari hujjatlarni topshirgan abiturientlar uchun imtihon sinovlari 15 iyuldan boshlanadi hamda 17 iyul kuni qo'shimcha rezerv kuni bo'lib o'tadi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish va OAV orqali yoritish tizimini takomillashtirish yuzasidan 2020 yil davomida Press-tur tashkil etish rejasi tasdiqlandi.
Uchrashuv davomida “O'zkimesanoat” AJ korxonalarida avtomatlashtirish va raqamlashtirish bo'yicha kompaniya texnologiyasini qo'llash, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo'llari hamda tashkilot tizmidagi zavodlarda dispetcherlik va boshqaruv uchun zamonaviy uskunalarni bosqichma-bosqich qo'llash masalalari muhokama qilindi.
Seminarda Moliya vazirligi vakillari davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish to'g'risida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildilar. Seminar qatnashchilar uchun “Davlat xaridlari to'g'risida”gi qonunning, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi 4544-sonli “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub'ektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorning mazmun-mohiyati to'g'risida ma'lumot berdilar.
“O'zkimyosanoatloyiha” AJ loyihalashtirish instituti ishga taklif qiladi: bosh geolog, marksheyder, geodezist, texnolog, konstruktor, iqtisodchi, buxgalter.
Mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini qurish” va “Azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalaridir.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Germaniyaning “Siemens Energy AG” kompaniyasi Ijrochi direktori (CEO) Kristian Brux bilan ushrashuv o'tkazdi.
“O'zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” deb nomlangan mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlari ko'rgazma-yarmarkasi ish boshladi. Ko'rgazma ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, mahalliy va chet ellik ishbilarmonlar qatnashdi.
Aksiya egalari Aksiyadorlik kapitalidagi ulushi, % Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 42,91 O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 57,09 ...
2016 yilning yanvar-may oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 987,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 103,8%ni tashkil qildi. Ayni paytda 88,5 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'sish sur'ati 100,6%dan iyuorat bo'ldi.. Sof holda 548,7 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 442 ming tonna azotli, 64,2 ming tonna fosforli va 42,6 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.