“Oʻzkimyosanoat” AJga nufuzli xalqaro S&P Global agentligi tomonidan ESG (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv) reytingi taqdim etildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning Biophelion startapi Aureobasidium pullulans nomli xamirturushga oʻxshash qora zamburugʻ yordamida plastik chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yangi texnologiyani taklif qildi. Ushbu zamburugʻ turli muhit sharoitida yashay oladi va eng muhimi, keng turdagi organik birikmalarni parchalash qobiliyatiga ega.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Kanadalik olimlar guruhi yangi ekologik toza material — dengiz suvoʻtlariga asoslangan plastikni taqdim etdi. Ushbu ishlanma atrof-muhitni anʼanaviy plastik chiqindilaridan himoya qilish va ayniqsa qishloq xoʻjaligida anʼanaviy polietilenga alternativa boʻlishi maqsadida yaratilgan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF–5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”ga muvofiq, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan Oʻzbekistonning Simob toʻgʻrisidagi Minamata konvensiyasiga qoʻshilish masalasi oʻrganilmoqda.
Joriy yilning 19-20-iyun kunlari Fargʻona viloyati Fargʻona shahridagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”da Hududiy tarmoqalararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Yangi avlod oʻzini oʻzi boshqaruvchi laboratoriya yaratildi. U real vaqt rejimida tajribalar oʻtkazadi va maʼlumotlarni uzluksiz yigʻadi, natijada yangi materiallarni kashf etish jarayoni kamida 10 barobar tezlashadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini malakali oʻrta boʻgʻin kadrlari bilan taʼminlash, ishchi kasblarga boʻlgan yuqori talabni qondirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan dual taʼlim tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida boʻlib turibdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida “Yilning eng faol yosh kimyogari” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida mamlakat rivojlanishiing ustuvor yondashuvlari belgilab berildi.