“Oʻzkimyosanoat” AJga nufuzli xalqaro S&P Global agentligi tomonidan ESG (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv) reytingi taqdim etildi.
S&P Global tahlillariga koʻra, “Oʻzkimyosanoat”AJning ESG koʻrsatkichi 29 ballni tashkil etdi.
Xalqaro reyting agentligi “Oʻzkimyosanoat” AJda:
Taʼkidlash joiz, mazkur reyting koʻrsatkichi “Oʻzkimyosanoat” AJning barqaror rivojlanishga boʻlgan sodiqligini va jamiyat oldidagi katta masʼuliyatini tasdiqlaydi! Bu jamiyatimizning shaffoflik va xalqaro standartlarga amal qilish yoʻlidagi muhim qadamlaridan biri. Jamiyatimiz va tarmoq korxonalari oʻz faoliyatini eko-doʻstlik va ijtimoiy masʼuliyatga asoslangan tamoyillar asosida rivojlantirib, har tomonlama ishonchli biznes madaniyatini shakllantirmoqda!
ESG reytingining taqdim etilishi xalqaro hamkorlar va investorlarning jamiyatimizga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Bu esa oʻz navbatida, jamiyatimiz va tarmoq korxonalariga barqaror investitsiyalarni jalb qilish, “yashil” loyihalarni moliyalashtirish va xalqaro bozorlarga chiqish uchun yangidan-yangi imkoniyatlarga yoʻl ochadi!
Avvalroq “Oʻzkimyosanoat” AJ dunyodagi eng yirik reyting agentliklaridan biri boʻlgan Fitch Ratings ning BB- xalqaro reytingini ham qoʻlga kiritgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ kelgusida ham ESG yoʻnalishidagi islohotlarni davom ettirib, barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiq holda faoliyat yuritishda davom etadi!
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati