O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 10 iyul kuni mamlakatimizda mutlaqo yangi soha bo'lgan atom energetikasini barpo etish bo'yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Dunyoda gaz, neft, ko'mir va boshqa manbalarga bo'lgan talab kun sayin ortmoqda. Bu, o'z navbatida, ushbu resurslar zaxirasining keskin kamayib ketishiga olib kelayotir. Shuning uchun butun bashariyat – ehtiyoj uchun ishlatiladigan resurslarning muqobilidan foydalanishga harakat qilmoqda. Shulardan biri tinchlik maqsadlari yo'lida atom elektr energetikasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirda jahonning 30 dan ziyod mamlakatida atom elektr stantsiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Bu mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltirish bilan birga, tabiiy resurslar tejalishiga xizmat qilmoqda.
Корхоналарнинг ҳудудлардаги ваколатли омборлари ҳамда минерал ўғитлар қолдиғи тўғрисида маълумот
Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq o'tkazib kelinayotgan sanoatchilarning mazkur an'anaviy forumi mamlakatimizning mahalliy xomashyolardan foydalangan holda ishlab chiqarishning yangi tur va yo'nalishlarini rivojlantirish borasidagi yutuqlarini yana bir bor namoyish etdi. Kooperatsiya birjasi ishtirokchilari korxonalar sanoat tarmoqlari ehtiyojlarini baholab, rivojlanish istiqbollarini belgilash, kelgusi yil uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega bo'ldi.
Prezident Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi