AO «Uzkimesanoat» informiruet o planovoy ostanovke AO «Maksam-Chirchik» na 20-dnevnыy srok s selyu provedeniya kapitalnogo remonta.
"Ammofos-Maxam" AJ etender.uzex.uz saytida "Qashqadaryo viloyatida mineral o‘g‘itlarni omborlash, saqlash va yuklab jo‘natish xizmatlari" uchun tanlov eʼlon qiladi. Tanlov oʻtkaziladigan oy: 2025-yil sentabr Tanlovning boshlangʻich summasi: 1 soʻm.
"Ammofos-Maxam" AJ etender.uzex.uz saytida "Andijon viloyatida mineral o‘g‘itlarni omborlash, saqlash va yuklab jo‘natish xizmatlari" uchun tanlov eʼlon qiladi. Tanlov oʻtkaziladigan oy: 2025-yil sentabr Tanlovning boshlangʻich summasi: 1 soʻm.
"Maxam-Chirchiq" AJ etender.uzex.uz saytida "Maxam-Chirchiq" AJ uchun atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy ekologik normativlari (YQCHM) loyihasini ishlab chiqish va chiqindilar manbalarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni xarid qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.
Joriy yilning 29-avgust kuni Oʻzbek tilini targʻib qiluvchi ijodiy izlanishlarni ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida, “Oʻzkimyosanoat” AJda davlat tilida ish yuritish va oʻzbek tilini keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻrganish olib borildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida 2025-yil 9 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtamiz. 2025-yilning 9 oyi davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar amaldagi qonunchilik va ichki normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etildi.
MUQADDIMA Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda, ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va e’lon qilamiz.
Joriy yilning 10 iyun kuni soat 23:25da “Ximiya” podstantsiyasida qisqa tutashuv sabab 110kVli “L-Zarafshon” havo liniyasida elektr energiyasi o'chganligi natijasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Avtomatik tizim ishlashi natijasida korxonani ta'minlovchi LX-10, LX-4, LX-15 liniyalari Issiqlik energiya stantsiyasi liniyasi manbaiga o'tib, joriy yil 11 iyun kuni soat 03:42da “Ximiya” podstantsiyasi manbaiga qayta o'tildi.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJga biriktirilgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “Obod”, “Bozortepa”, “Ayridevol” va “Chashmaimiron” mahallalarida aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Jamiyat tarkibidagi barcha korxona-tashkilot xodimlar va tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar nafaqat korxona hududi balki korxonaga tutash hududlar obodligiga o'z xissalarini qo'shmoqdalar.