Brifing: Fermerlar va dehqon xo'jaliklari uchun qulaylik: “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan qator imkoniyatlar joriy etilmoqda

// 11.03.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.99 KB)

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zkimyosanoat" AJ Axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov bu haqda batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, ekinlarni mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirishi kerak boʻlgan lekin xarid qilishga imkoniyati cheklangan yoki yetarli mablagʻga ega boʻlmaganlar uchun maqbul yechim taklif qilinadi.  

Korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlarni Respublika tovar-xom ashyo birjasida alohida forvard shartnomalar asosida sotish joriy qilindi.

Forvard shartnomasi - nima? Bunda kimyo korxonalari mineral oʻgʻitlarni respublika tovar-xomashyo birjasiga oldindan toʻlovning 30 foizgacha avans tarzda va qolgan qismini faktoring xizmatidan foydalangan holda 90 kun ichida amalga oshirish shartlari bilan sotadi.

Batafsil videoda

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 11.03.2025