O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 30.04.2004 y. №204
“O’zkimyosanoat” AJ tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJga tashkillashtirilgan press-tur ishtirokchilari korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda.
"Dehqonobod kaliy zavodi" aksiyadorlik jamiyati 2024 yil II-yarimi davrida ishlab chiqarish ehtiyoji uchun yuk avtotransport vositalarida yuk tashish xizmati bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan yuk tashish ishlariga jalb qilinadigan, siqilgan gazda harakatlanuvchi yuk avtomashinlari yordamida «Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil sentyabr-dekabr ishlab chiqarish ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan silvinit rudasini shartnoma asosida tog‘-kon majmuasidan qayta ishlash majmuasiga oraliq masofa 42 km dan tashib keltirish va qayta ishlash majmuasidan tog‘-kon majmuasiga oraliq masofa 42 km ga ishlab chiqarishdan chiqqan galitli qoldiqni (xvost tuzini) tashish xizmatini ko‘rsatish.
“Dehqonobod Kaliy Zavodi” AJ ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Transport vositalaring GPS navigatsiya tizmini takomillashtirish GARVEKS dasturiga integratsiya qilish va abonent to‘lovlarini amalga oshirish xizmatlari bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
Mahsulot eksporti kengaymoqda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ishlab chiqarish korxonasi va 6 xizmat ko'rsatish tashkiloti faoliyat ko'rsatadi. Ularda 30 mingdan ortiq mutaxassis va xodim ishlaydi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi 180 dan ziyod ekanligi matbuot anjumanida qayd etildi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida “Yashil vodorodni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur investitsion loyiha qiymati 88,0 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Mazkur loyiha doirasida birinchi bosqichda 2025-yilda respublikamizda 3 ming tonna yashil vodorod ishlab chiqariladi va quvvati 52 MVt shamol turbinasi ishga tushiriladi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Tog‘-kon majmuasi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun kon lahmlarida yig‘ilgan loylarni tozalash, yer osti ishlatib bo‘lingan kameralarga tashish xizmatlari bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
Oʻzining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar qatorida “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Navoiyazot” AJning Polivinilxlorid ishlab chiqarish, kaustik soda va metanol majmuasida faoliyat yurituvchi Sharipova Mahliyo Esan qizi Prezidentimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Joriy yilning 28 iyun kuni soat 16:57da “NAVOIY HETK” AJga qarashli “Ximiya” podstantsiyasida qisqa tutashuv sabab 110kVli elektr energiyasi o'chganligi natijasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ ishlab chiqarish ob'ektlarida elektr energiyasi uzilishi kuzatildi.