2034-yilga kelib polipropilen ishlab chiqarish uchun katalizatorlar bozori hajmi 5,15 milliard dollargacha oʻsishi mumkin

// 03.09.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (4.51 MB)

2024-yilda polipropilen ishlab chiqarish uchun katalizatorlarning jahon  bozori hajmi 2,29 milliard dollarni tashkil etdi, 2025-yilda esa 2,48 milliard dollargacha oʻsishi kutilmoqda. Precedence Researchning avgust oyidagi hisobotiga koʻra, 2034-yilga kelib bozor hajmi 5,15 milliard dollargacha yetishi mumkin, bu yillik oʻrtacha 8,45% oʻsish surʼatida roʻy beradi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (OTOM) bozorning 45% ulushini egallagan holda jahon bozorida ustunlik qiladi. 2024-yilda bu miqdor pul koʻrsatkida 1,03 milliard dollarni tashkil etgan. Prognozlarga koʻra, 2034-yilga kelib bu hajm 2,34 milliard dollargacha yetadi. Yirik ishlab chiqarish quvvatlari, rivojlangan neft-kimyo infratuzilmasi va isteʼmol oʻsishi ushbu mintaqaning yetakchi mavqega ega boʻlishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, Shimoliy Amerika eng tez rivojlanayotgan mintaqa sifatida ajralib turadi, bu holatga texnologik innovatsiyalar, ilgʻor tadqiqot va ishlanmalar, hamda barqaror rivojlanish sari oʻsib borayotgan tendensiya hissa qoʻshmoqda. 

Hozirda mintaqa jahon bozorining 27% ni tashkil etadi. Yevropaga 23% toʻgʻri kelsa, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasiga 5% toʻgʻri keladi. Prognoz qilinayotgan davr oraligʻida Shimoliy Amerika eng yuqori oʻsish surʼatini namoyon qilishi kutilmoqda.

Tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, katalizator turlari orasida Sigler-Natta katalizatorlari 2024-yilda eng katta ulush – 60% ni tashkil etgan. Biroq, eng tez oʻsish metallotsen katalizatorlaridan kutilmoqda. 

Yakungi foydalanish sohalari boʻyicha esa 2024-yilda bozorning asosiy qismini – 65% ni qadoqlash segmenti taʼminlagan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 03.09.2025