Korxonaning ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy–iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida 4-oktabr soat 08:30 larda qisqa portlash yuz bergan. Natijada sexning sintez kalonnasida yong’in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Xitoyning Sun Yatsen universiteti olimlari sanoat gazlarini oʻgʻitlar va kimyoviy moddalar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo boʻlgan karbamidga aylantirish yoʻlini topdi.
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish bo'yicha tasdiqlangan media-rejaga muvofiq, “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga press-tur tashkil etildi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati va “Air Products and chemicals” kompaniyasining bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov hamda “Sinoma energy” kompaniyasi bosh menejeri Zuo Dayong Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Fotoelektrstansiya qurish va elektr energiya saqlash uchun akkumlyatorlar joylashtirish loyihasi” doirasida elektr energiya xarid qilish (PPA) kelishuvini tantanali tarzda imzoladi.
“O'zekspomarkaz”da kimyo va plastmassa sanoatining “Chemie & Plastex Uzbekistan – 2013” yettinchi xalqaro ko'rgazmasi boshlandi. Ushbu xalqaro ko'rgazma O'zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, “O'zkimyosanoat” kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan “ITE Uzbekistan” xalqaro ko'rgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda O'zbekiston, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Xitoy, Ukraina kabi mamlakatlardan yigirmadan ortiq kompaniya o'z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.
“Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha “foydalanishga to'liq topshirish” sharti bilan kontrakt imzolandi. Joriy yilning iyun oyida “Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha EPCC (loyihalashtirish, uskuna sotib olish, qurish va foydalanishga topshirish) sharti bilan kontrakt imzolandi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish quyidagi aloqa vositalari orqali amalga oshirish mumkin. Elektron manzil: anticorruption@uks.uz Ishonch telefoni: 78-140-74-48 Komplayens xizmati: 78-140-74-53 Pochta orqali: Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 38-uy, ind.