Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotimizning 2014 yilga mo'ljallangan asosiy vazifa va ustuvor yo'nalishlari avvalo sohaning yuqori sur'atlar bilan o'sishini ta'minlash, shu maqsadda mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etishni davom ettirishga qaratilgan. Buni amalda ta'minlash natijasida mamlakatimizda joriy yilning birinchi choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,9 foiz, jumladan, iste'mol tovarlari tayyorlash 12,8 foiz o'sdi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida iste'mol tovarlari ulushi 34,4 foizni tashkil qildi. Bunda tadbirkorlik sub'ektlarining alohida o'rni va salmoqli ulushi bor.