Ichki bozorni kimyo mahsulotlari shu jumladan qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash Muhtaram Prezidentimiz kimyo sanoatini rivojlantirish, uning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish hamda qishloq xoʻjaligiga mineral oʻgʻitlarni barqaror yetkazib berishga alohida eʼtibor qaratib, bir qator qarorlarni tasdiqlab berdilar.
Yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, sifatli ish olib borishga erishish, xavfsizlikni ta’minlash, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishda xodimlar malakasini oshirish katta ahamiyatga ega.
Bayrog‘imiz — bu mustaqil davlatimizning yorqin ramzi, xalqimizning orzu-umidlari hamda g‘urur manbai. U har bir yurtdoshimizda faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Korxona haqida qisqa ma'lumot Pochta manzili 230614, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumani, Yelabad q. Korxona rahbari Shamuratov Shuxrat Toremuratovich Telefon, faks (+998) 55 101-00-04 (+998) 55 101-00-03 Veb-sayt kungradsoda.
Talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, respublikamiz boʻylab kadrlar siyosatini oqilona targʻib etish, aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan ushbu yarmarkada “Oʻzkimyosanoat” AJ masʼullari ham faol ishtirok etishdi.
Xodimlar 5 kun davomida o‘z bilim va malakasini oshiradilar hamda o‘quv kursi so‘ngida o‘zlashtirilgan bilimlar malaka komissiyasi tomonidan 2 bosqichli nazariy imtihondan o‘tkaziladi.
Narxlarning bunday koʻtarilishining asosiy sabablari sifatida Tinch okeani yuzasining isishi fonida ob-havoga taʼsir qiluvchi El-Ninyo iqlim hodisasi hamda talab va taklifning umumiy nomutanosibligi koʻrsatilmoqda.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJning maxsus ishchi guruhi hamda Parkent tumani hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Soatov va Yoshlar ishlar agentligi tuman bo‘limi vakili bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Xayrli tashabbus vaqt tanlamaydi. Bemor salomatligi va hayoti muhofazasida ishtirok etish istagi saxovat tadbirlarida namoyon bo‘ladi. Korxona xodimlari qon va uning tarkibiy qismlariga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sog‘ligini tiklash maqsadida muntazam ravishda xayriya aksiyalarida ishtirok etib kelishadi.
Uchrashuvda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimi Nurillaxon Mukarramxonov, jamiyat rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etishdi. Unda maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, salbiy illatlarning oldini olish, turli yot gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilish masalalari muhokama qilindi.