Ogʻir toifadagi yoshlar bilan ishlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

// 10.10.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (6.54 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJning maxsus ishchi guruhi hamda Parkent tumani hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Soatov va Yoshlar ishlar agentligi tuman bo‘limi vakili bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqot chog‘ida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida koʻrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarga e'tibor qaratildi.

Xususan, Jamiyatga biriktirilgan 26 nafar yoshni ogʻir toifadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi koʻrib chiqildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 10.10.2024