“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

// 17.09.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (12.35 MB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimi Nurillaxon Mukarramxonov, jamiyat rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etishdi. Unda maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, salbiy illatlarning oldini olish, turli yot gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanish, turli yolgʻon axborotlar va manbalardan ogoh boʻlish borasida fikr almashildi. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 17.09.2024