2014 yilning I yarimyilik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 995,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,6%) hamda 91,3 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 134,4%) ishlab chiqarildi. Sof holda 589,68 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 466,87 ming tonna azotli o'g'itlar, 76,44 ming tonna fosforli o'g'itlar va 46,37 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2014 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1479 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 140,7 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 129,5%) ishlab chiqarildi. Sof holda 881,91 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 718,55 ming tonna azotli o'g'itlar, 101,72 ming tonna fosforli o'g'itlar va 61,64 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2014 yilning yanvar-dekabr oylarida "O'zkimyosanoat” korxonalarida 2011.5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,8%) hamda 171,9 mlrd so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 109,7%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1212,1 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 979,24 ming tonna azotli o'g'itlar, 136,51 ming tonna fosforli o'g'itlar va 96,36 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2013 yilning 9 oylik yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1,25 trln. so'mlik mahsulot hamda 90,2 mlrd.so'mlik xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi. 846,43 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 648,57 ming tonna azotli o'g'itlar, 122 ming tonna fosforli o'g'itlar va – 75,86 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
1. EMITeNTNING NOMI To'liq: "O'ZKIMYOSANOAT" aksiyadorlik jamiyati Qiska: "O'ZKIMYOSANOAT" AJ Birja tiker nomi: yo'q 2. ALOQA MA'LUMOTLARI Joylashgan joyi: 100011, Toshkent sh.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida koʻrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash va mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJga biriktirilgan ogʻir toifadagi yoshlar va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktori Jahongir Mustafayev mas'ullar bilan birgalikda korxonadan 250 km uzoqlikdagi “Jamansay” karyerida bo'ldi.
Kuni-kecha "Kimyogarlar" madaniyat saroyida jamiyat ishchi-xodimlarining ijodiy iste’dodlarini oshirish hamda yuzaga chiqarish maqsadida “Qalbga yaqin satrlar” qo'shiqchilik ko'rik-tanlovi tashkil etildi.
EKSKLYuZIV: Arab shayxi O'zbekistonga milliardlab dollar miqdorida sarmoya kiritmoqchi Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri — “Ajlan&Bros Group” yurtimizda o'nlab besh yulduzli mehmonxonalar qurib, ipakchilik va paxta klasterlarini amalga oshiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-307-son qaror 5-ilovasi “Iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023—2026-yillarga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari” yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida 20 ta innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda.