Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan hamda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni ommaviy sport turlariga qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
Bu galgi amaliy muloqot Andijon viloyatining Shahrixon tumani fermerlari va dehqonlari bilan o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida mamlakat rivojlanishiing ustuvor yondashuvlari belgilab berildi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Jamiyat rahbariyati va markaziy apparat xodimlari, tizim korxonalari masʼullari ishtirok etishdi.
Bugungi mashgʻulotlar asosan shaxsiy rivojlanish mavzusiga qaratildi. Yoshlarga vaqtdan samarali foydalanish, ishni toʻgʻri tashkil etish, liderlik xislatlari, inson psixologiyasi kabi mavzularda muhim ma’lumotlar berildi.
Joriy yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda kimyo sanoati korxonalari oldiga bir qator vazifalar berildi. Topshiriqlar ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida «O‘zkimyosanoat» AJ tizimi tomonidan belgilangan ish rejaga asosan amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Qo‘ng‘irot soda zavodi ” MCHJ QKda faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish, kimyo sanoati rivojiga xizmat qiladigan innovatsion taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadidа “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Marosimni Oliy Majlis senati raisi Tanzila Norbayeva ochib berib, mamlatimizning faol xotin-qizlari va tanlov gʻolibalarini tabrikladi.
Bugun, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hamda “Navoiyazot” AJ yoshlari bilan o‘zaro do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan o‘tkazilayotgan biznes-forumning ilk kunida Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari, Sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya va rossiyalik 30 dan ortiq ishbilarmonlar “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati, rezidentlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishishdi.