Matbuot markazi

RKTU Toshkent shahridagi filialida kirish imtihonlari: birinchi kun

// 17.07.2023

D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2022-2023 oʻquv yili uchun birinchi kirish imtihonlari oʻtkazilmoqda. Bugun abituriyentlar kimyo fanidan test topshirishmoqda. Yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan abituriyentlar imtihonning ikkinchi bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.


Tayinlov: Zaripov To'lqin Ergashevich

// 17.07.2023

To'lqin Ergashevich Zaripov “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar T.Zaripov "Dehqonobod kaliy zavodi" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Tayinlov: Samadov Farrux Hamzayevich

// 17.07.2023

Farrux Hamzayevich Samadov “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Samadov "Qizilqum fosforit kompleksi" mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida faoliyat yuritgan.


27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

// 27.06.2023

“Oʻzkimyosanoat” AJ nomidan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz dunyo hamjamiyatida muhim ahamiyatga ega. Saʻy-harakatlaringiz va ijodingiz tufayli biz eng soʻnggi yangiliklar, qiziqarli maqolalar va aktual dasturlardan bahramand boʻlamiz. Barchangizga muvaffaqiyatlar va ijodiy parvozlar tilaymiz! Bayram muborak boʻlsin!


“Oʻzkimyosanoat” AJ hududida kasalliklarni erta skriningdan oʻtkazish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi

// 16.06.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʻminlash maqsadida "Oʻzkimyosanoat" AJning markaziy apparati xotin-qizlarining salomatligiga eʻtibor qaratish va tiklash uchun “Oʻzkimyosanoat” AJ, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobilologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda, Jamiyat hududida kasalliklarni erta skriningdan oʻtkazish maqsadida mobil mammografik kompleks jalb qilingan holda, tor doiradagi mutaxassislar va umumiy amaliyot shifokorlari yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.