Sanoat sohasida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida ushbu yoʻnalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarida suv va energiya resurslarini tejash, chiqindilarni kamaytirish va ularni qayta ishlash choralari koʻrilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi boʻlgan sanoat sohasida, xususan, kimyo sanoatida energiya resurslaridan samarali foydalanish va “yashil” texnologiyalarga oʻtishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.