2015 yilning yanvar-may oylarida“O'zkimyosanoat” korxonalarida 882,2 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,9% tashkil qildi. Ayni paytda 80,9 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 119,7%. Sof holda 539,31ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 427,76 ming tonna azotli o'g'itlar, 55,78 ming tonna fosforli o'g'itlar va 55,78 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2015 yilning 13 iyunida Toshkent shahri Navoiy ko'chasi, 38-uyda joylashgan Kompaniyaning ma'muriy binosida o'tkaziladigan aksiyadorlar umumiy yig'ilishi to'g'risida xabar beradi. Aksiyadorlikdorlar ushbu e'lon chop etilgandan kundan boshlab aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga ko'rib chiqish uchun kiritilgan materiallar bilan Toshkent sh., Navoi ko'chasi, 38-uy manzilida, ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha aksiyadorlar umumiy yig'ilishining o'tkazilish kunigacha tanishib chiqishga xaqlidir.
“O'zkimyosanoat” DAK korxonalari shu yil 19-21 may kunlari “O'zekspomarkaz”da o'tkazilgan VIII Respublika innovatsiya g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmakasi ishida faol ishtirok etdi. Yarmarkaning kimyo sanoati shu'basida kompaniya korxonalari tomonidan 2014 yilda o'zlashtirilgan va joriy yilda ishlab chiqarilishini rejalashtirilgan mahsulotlar namunalari, 2015 yil innovatsiya loyihalari hamda “O'zkimyosanoat” DAK korxonalarining innovatsiya ehtiyojlari bo'yicha materiallar namoyish etildi.
“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Xalqaro audit va Xalqaro moliyaviy hisobotlar talablariga javob beradigan 2015 yil yakunilari bo'yicha tashqi audit o'tkazish uchun auditor tashkilotlarini tanlash maqsadida ochiq tanlov e'lon qiladi.
2015 yilning yanvar-aprel oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 688,1 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 104,6% tashkil qildi. Ayni paytda 59,9 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 106,3%.