Tarmoq yangiliklar

Press-tur ishtirokchilari “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

// 31.10.2020

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish va OAV bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tasdiqlangan 2020 yil davomida press-tur tashkil etish rejasiga muvofiq, 2020 yil 29-30 oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga press-tur tashkil etildi.


Moskvada D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filiali faoliyatini rivojlantirishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

// 29.10.2020

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Tushin majmuasida rektor A.G.Majuga boshchiligida ushbu oliy ta'lim muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazildi.


Malaka oshirish kurslarida dolzarb masalalar muhokama etilmoqda

// 23.10.2020

Milliy Mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan "Media va kommunikatsiyalar maktabi" loyihasi doirasida matbuot kotiblari uchun malaka oshirish kursi o'tkazilmoqda. Uch kun davom etadigan malaka oshirish kurslarida vazirlik, idora, tashkilot va kompaniyalar Matbuot kotiblari qatorida "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari ham ishtirok etmoqda.


“Til – millat ko'zgusi”

// 21.10.2020

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 21 oktabr O'zbek tili bayrami kuni va o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan “Til – millat ko'zgusi” mavzusida videokonferentsaloqa shaklida tadbir tashkil etildi.


D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialining 2020-2021 o'quv yilining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

// 16.10.2020

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialining birinchi kurs talabalari uchun 2020-2021 o'quv yilining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filial ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, filial direktori S.N.Filatov, filial xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.