Tarmoq yangiliklar

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 2 fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 03.02.2021

Joriy yilning 2 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8993 tonna 19348,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 1 fevral kuni 21071,4 mln. so'mlik 10029 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 1 fevral sanasidagi savdo yakunlari

// 02.02.2021

Joriy yilning 1 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10029 tonna 21071,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi.


“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchilari maktablar faoliyati bilan tanishdi

// 31.01.2021

“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchilari Respublikaning barcha viloyatlariga jamiyatga biriktirilgan maktablarning holatini tubdan o'rganib chiqish maqsadida joylarga hizmat safariga jo'nab ketishdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga biriktirilgan kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablarni joylarga chiqib o'rganish hisoblanadi.


Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining delegatsiyasi D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurdi

// 29.01.2021

D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat byudjet oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti administratsiyasining delegatsiyasi rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi.


Yoshlarning “Respublika yosh kimyogarlar forumi” ni o'tkazish hamda “O'zkimyosanoat” stipendiyasi”ni ta'sis etish taklifi ma'qullandi

// 23.01.2021

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.