Tarmoq yangiliklar

Kirish imtihonlarining uchinchi kunidan fotoreportaj

// 28.08.2020


Kirish imtixonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tdi

// 27.08.2020

Bugun 27 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tkazildi. Imtihon kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi.


D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari o'tkazildi

// 24.08.2020

Bugun 24 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining metematika fani bo'yicha birinchi kirish imtihoni O'zbekiston Milliy universiteti hududida bo'lib o'tdi. Imtihonlar 24-26-28 avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy bayonoti

// 28.07.2020

Ommaviy axborot vositalarining birida “Nega mahalliy yog'och-qirindili plitalar ishlab chiqaruvchisi innovatsion korxona faoliyatini to'xtatdi?” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Maqolada Surxondaryo viloyatida yog'och qirindisidan tayyorlanadigan qurilish materiali (DSP) ishlab chiqaruvchi Surxon KSP-Gra kompaniyasi tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda yog'och-qirindili plitalar (DSP) tayyorlashda qo'llanuvchi kimyo mahsulotlarining narxi oshganli sababli o'z faoliyatini to'xtatgani bayon qilingan. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi.


Hujjat qabul qilish muddati 2020 yil 20 avgustga qadar uzaytirildi

// 27.07.2020

Abiturientlar va ularning ota-onalari takliflariga hamda hujjat topshiruvchilarning soni ko'pligini hisobga olgan holda Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahar filialining Qabul komissiyasi qarori bilan hujjut qabul qilish muddati 2020 yil 20-avgustga qadar uzaytirildi.