Tarmoq yangiliklar

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 26 iyul sanasidagi savdo yakunlari

// 26.07.2021

Joriy yilning 26 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 14488 tonna 29508,5 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan hafta bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 24 iyul kuni 11310,2 mln. so'mlik 5735 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


Hurmatli “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat yurituvchi rahbar-xodimlar!

// 26.07.2021

Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan qator tartib va cheklovlar joriy etilmoqda.


“O'zkimyosanoat” AJ tomonidan chekka hududlardagi umumta'lim maktablarida zamonaviy kimyo sinf xonalari qaytadan to'liq ta'mirlanib, laboratoriya xonalari jihozlanmoqda.

// 24.07.2021

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlarni kimyo va biologiya fanlari bo'yicha chuqur o'qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog'-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlari uzviy davomi sifatida “O'zkimyosanoat” AJ tomonidan chekka hududlardagi umumta'lim maktablarida zamonaviy kimyo sinf xonalari qaytadan to'liq ta'mirlanib, laboratoriya xonalari jihozlanmoqda.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 23 iyul sanasidagi savdo yakunlari

// 23.07.2021

Joriy yilning 23 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 5968 tonna 12666,8 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. O'tgan hafta bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 17 iyul kuni 7263,1 mln. so'mlik 3902 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


“O'zkimyosanoat” AJ delegatsiyasi “Siemens Energy AG” kompaniyasi bilan muzokaralar o'tkazdi

// 22.07.2021

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Germaniyaning “Siemens Energy AG” kompaniyasi Ijrochi direktori (CEO) Kristian Brux bilan ushrashuv o'tkazdi.