Tarmoq yangiliklar

Yashnobod tumanida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali xotin-qizlar bandligini ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko'maklashilmoqda

// 12.07.2021

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Mahallabay” ishlash tizimiga muvofiq “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Yashnobod tumanining 9 ta mahalla fuqarolar yig'inida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Abiturientlar diqqatiga! Ajoyib hushxabar!

// 09.07.2021

Filialga hujjatlarni topshirish 15 iyulgacha uzaytirildi. Imtihonlar jadval asosida 14 iyuldan boshlanadi. 14 va 15 iyul kunlari hujjatlarni topshirgan abiturientlar uchun imtihon sinovlari 15 iyuldan boshlanadi hamda 17 iyul kuni qo'shimcha rezerv kuni bo'lib o'tadi.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 9 iyul sanasidagi savdo yakunlari

// 09.07.2021

Joriy yilning 9 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10811 tonna 23559,1 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 8 iyul kuni 17113,2 mln. so'mlik 8284 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining tizimdagi yoshlar yetakchilari va faol yosh kadrlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

// 09.07.2021

Yig'ilishda yoshlar yetakchilari tomonidan yarim yillik hisobotlar tinglandi. Yoshlarga qo'yilgan eng ustuvor vazifalardan biri kimyo sanoatini rivojlantirish hamda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish to'g'risida innovatsion loyihalar ustida ishlash ekanligi ta'kidlandi.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 8 iyul sanasidagi savdo yakunlari

// 08.07.2021

Joriy yilning 8 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8284 tonna 17113,2 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 7 iyul kuni 14962,7 mln. so'mlik 7138 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.