21-oktabr-"O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari o'rtasida "Kitobxon xodim" tanlovi o'tkazildi. Tadbirda korxonaning turli yoshdagi ishchi-xodimlari ishtirok etishdi va yakunda:
1-o'rinni Bosh metrolog bo'limi xodimi - M.Tuychiyeva;
2-o'rinni Loyihalashtirish konstruktorlik bo'limi xodimi - E.Shermatov hamda Texnik nazorat bo'limi xodimi - R.Narmurzayeva;
3-o'rinni Moliya bo‘limi hisobchisi - G.Normatova qo'lga kiritdi.
Tadbir so'nggida g'olib va sovrindorlarga korxona ma'muriyati va kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan pul mukofotlari, diplom hamda kitoblar to'plamlari topshirildi.
"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati