“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashi Qozogʻistonning “MCQ Company KZ” vakillari bilan uchrashdi

// 09.10.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (10.78 MB)

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashi Qozogʻistonning “MCQ Company KZ” vakillari bilan uchrashdi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparatida Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” gi Qonuni hamda Oliy Majlis Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida  xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashi tashkil etilgan. 

Aktau shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda kengash a’zolari hamda “MCQ Company KZ” kompaniyasi vakillari joriy yilning 4-iyul kuni imzolangan memorandum doirasida sohada faoliyat yuritayotgan ayollarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini taʼminlash, ayollarning davlat va jamiyat hayotidagi rolini oshirishda hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. 

Shuningdek, tomonlar oilalarni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi rolini oshirish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida bilim va tadqiqot natijalari bilan oʻzaro axborot almashish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, milliy va mahalliy miqyosda ayollar salohiyatini mustahkamlash masalalariga toʻxtalib oʻtdi. 

Taʼkidlash joiz, bunday  hamkorlik Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 09.10.2024