Joriy yil 26-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan, 4600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot – 2022” respublika tanlovida “O‘zkimyosanoat” AJ xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sanobar Abduraxmanovaning ish faoliyati faxrli 2-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi – Saudiya Arabistoni Podshohligi biznes-forumi doirasida 2022-yilning 23-dekabr kuni Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va ACWA Power (Saudiya Arabistoni) oʻrtasida yashil ammiak ishlab chiqarish boʻyicha investitsion hamkorlik toʻgʻrisida “Asosiy Shartlar” (Heads of Terms) bitimi imzolandi. Unga ko`ra yashil ammiak ishlab chiqarish loyihasi 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Joriy yilning 22-dekabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari kesimida moliyaviy-iqtisodiy holatlarning barqarorligini taʼminlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda muammolarning yechimi boʻyicha tegishli choralarni qabul qilish yuzasidan videokonferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan so‘ngi yillar davomida yoshlarga juda ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zkimyosanoat stipendiyasi” ta’sis etildi. Ushbu stipendiya sohibi bo‘lish imkoniyati Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalariga beriladi.