Tarmoq yangiliklar

"Yashil makon" va "Yashil belbog‘" loyihalari doirasida "O‘zkimyosanoat" AJ tizim korxonalari tomonidan 2023 yil bahor va kuz mavsumlarida ekilgan daraxtlar, butalar va gullar bo‘yicha ma’lumot

// 04.10.2023

"Yashil makon" va "Yashil belbog‘" loyihalari doirasida "O‘zkimyosanoat" AJ tizim korxonalari tomonidan 2023 yil bahor va kuz mavsumlarida ekilgan daraxtlar, butalar va gullar bo‘yicha ma’lumot


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 4-oktabr sanasidagi savdo yakunlari

// 04.10.2023

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 4-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.


TAYINLOV

// 04.10.2023

Namozov Farid Ozodovich "O‘zkimyosanoat" AJ Moliya, g‘aznachilik operatsiyalari va xaridlar departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


"Oʻzkimyosanoat" AJ va Germaniyaning Linde GmbH kompaniyasi qator loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvni imzoladi

// 04.10.2023

Joriy yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari va Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni alohida taʼkidladi. Tomonlar energetika va kimyo sanoati sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.


Davlat tilida ish yuritilishi holati oʻrganildi

// 04.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5850-sonli Farmoni ijrosi holatlarini o‘rganish, ish yuritish hujjatlarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QKga tashrif buyurdi.