2050-yilga borib jahonda vodorod ishlab chiqarish 80% ga oshib, 14,3 million tonnaga yetishi mumkin

// 07.08.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (6.29 MB)

2050-yilga borib jahonda vodorod ishlab chiqarish 80% ga oshib, 14,3 million tonnaga yetishi mumkin.

2050-yilga kelib dunyoda vodorod (H2) ishlab chiqarish hajmi 2024-yilga nisbatan taxminan 80% ga oshib, 14,3 million tonnaga yetishi mumkin. Bunda H2ning asosiy qismi metanni bugʻli riforming qilish (SMR) usuli orqali ishlab chiqariladi. Bu haqda AQSH Energetik axborot boshqarmasi oʻzining soʻnggi yillik energetik tahlil hisobotida maʼlum qildi.Etanni kreking qilish va propanni degidratsiya qilish kabi kimyoviy sanoat jarayonlarida yon mahsulot sifatida ishlab chiqarilgan vodorod keyingi eng katta taʼminot manbai boʻladi.

Elektroliz usuli orqali gaz olish sanoat texnologiyasi esa rivojlanmaydi va 2050-yilgacha uning hissasi 1% dan oshmaydi.CH4 ustunlik qiladigan tabiiy gaz kabi asosan uglevodorod xomashyosidan yaʼni, metanni bugʻli riforming qilish — molekulyar vodorod generatsiyasida dominant sanoat jarayoni hisoblanadi. 

Bu katalitik endotermik reaksiya yuqori haroratda (700–1000°C) va oʻrtacha baland bosimda (15–30 atmosfera) amalga oshadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 07.08.2025