Tizimda davlat tili, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, yoshlar masalalari va kasaba uyushmalari faoliyati yuzasidan sayyor seminar oʻz ishini yakunladi

// 13.06.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.71 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida davlat tili, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, yoshlar masalalari va kasaba uyushmalari faoliyati yuzasidan sayyor seminar oʻz ishini yakunladi. 

Seminarning ikkinchi kunida ishtirokchilarga “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda ishlab chiqarish, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti taqdim etildi. 

Shuningdek, "Milliyligimiz-o'zligimiz" shiori ostida qoraqalpoq madaniyatini aks ettiruvchi ko'rgazma va madaniy tadbir tashkil etildi. Soʻngra ishtirokchilar Nukus shahridagi Savitskiy muzeyiga tashrif buyurishdi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 16.06.2025