“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida davlat tili, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, yoshlar masalalari va kasaba uyushmalari faoliyati yuzasidan sayyor seminar oʻz ishini yakunladi.
Seminarning ikkinchi kunida ishtirokchilarga “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda ishlab chiqarish, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti taqdim etildi.
Shuningdek, "Milliyligimiz-o'zligimiz" shiori ostida qoraqalpoq madaniyatini aks ettiruvchi ko'rgazma va madaniy tadbir tashkil etildi. Soʻngra ishtirokchilar Nukus shahridagi Savitskiy muzeyiga tashrif buyurishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati