Tanlovda “Oʼzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan barcha ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Tanlovni tashkil etishdan koʼzlangan asosiy maqsad ishchi-xodimlar oʼrtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi oʼrni va ahamiyatini targʼib qilish orqali jamoada har tomonlama sogʼlom muhit yaratish va fikrlash doiralarini yanada kengaytirish, Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida kitobxon xodimlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning maʼnaviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʼib qilish va kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zkimyosanoat» AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov shu haqida ma’lumot berdi. Unda «O‘zkimyosanoat» AJ va tarmoq korxonalari Komplayens xizmatlari tomonidan 2024 yilning 1-yarim yilligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Ichki bozorni kimyo mahsulotlari shu jumladan qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash Muhtaram Prezidentimiz kimyo sanoatini rivojlantirish, uning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish hamda qishloq xoʻjaligiga mineral oʻgʻitlarni barqaror yetkazib berishga alohida eʼtibor qaratib, bir qator qarorlarni tasdiqlab berdilar.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida 28 dekabr kuni Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Shu munosabat bilan o'tkazilgan marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi.
Agrofos-D, entolikur, dalate, entolucho. Yana davom ettirish mumkin bo'lgan bu ro'yxatda o'simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qiluvchi zamonaviy kimyoviy vositalarning nomlari keltirilgan. Tez orada mamlakatimiz bog'bonu dehqonlariga o'zimizda ishlab chiqariladigan shu kabi preparatlar taklif etila boshlanadi. Zero, ilgari mahalliy kimyo sanoatimizda bu kabi vositalar ishlab chiqarilmas, 2003 yildan buyon Namangan viloyatidagi “Ifoda agro kimyo himoya” mas'uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo'jaligi korxonalarini bunday mahsulotlar bilan xorijiy kompaniyalarning distribyutori sifatida chetdan keltirib ta'minlar edi.
“O'zekspomarkaz”da kimyo va plastmassa sanoatining “Chemie & Plastex Uzbekistan – 2013” yettinchi xalqaro ko'rgazmasi boshlandi. Ushbu xalqaro ko'rgazma O'zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, “O'zkimyosanoat” kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan “ITE Uzbekistan” xalqaro ko'rgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda O'zbekiston, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Xitoy, Ukraina kabi mamlakatlardan yigirmadan ortiq kompaniya o'z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.
2022-yilning 10 oyi davomida “Oʻzkimyoimpeks” MChJ tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ boʻyicha belgilangan yillik eksport koʻrsatkichi muddatidan oldin bajarildi. Xususan, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida amalda umumiy qiymati 407,3 mln. dollarlik kimyo mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, yillik reja (400,8 mln. dollar) 31-oktabr holatiga 101,7 foizga bajarildi. 2021-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 155 foizga oʻsish taʼminlandi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga filologiya fanlari nomzodi Ergasheva Shahnoza Obidjonovna tayinlandi.
Kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash bilan bir qatorda ishlab chiqarishda ekologik tozalikni taʼminlash, chiqindisiz texnologiyalarni va atrof muhitni saqlash bugunning muhim vazifalaridan.
Bugun AOKAda oʻtkazilgan brifingda "Oʻzkimyosanoat" AJ axborot xizmati rahbari Hojiakbar Toʻlaganov mineral oʻgʻitlarni birja savdolarida sotish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.