Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining “Navoiyazot”AJda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.

// 24.09.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (889.66 KB)

Joriy yilning 23- sentabr kuni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpibayeva va “Oʻzkimyosanoat”AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova “Navoiyazot”AJda boʻlib, korxonada ayollar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Mehmonlar dastlab kimyogar ayollar salomatligini mustahkamlash, ularning jismoniy faolligini oshirish uchun tashkil etilgan sport zali sharoitlarini koʻzdan kechirishdi. Jamiyatda bu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar yuqori darajada ekanligi ta’kidlandi. Korxonada kimyogar ayollarning ishdan tashqari boʻsh vaqtda tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shugʻullanishlariga koʻmaklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham mehmonlarning e’tibori markazida boʻldi.

Shuningdek, korxona faollar zalida jamiyatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida “O‘zkimyosanoat”AJ hamda “Navoiyazot”AJ rahbariyati tomonidan kimyogar ayollar uchun barcha sharoitlarning yaratib berilayotgani e’tirof etildi. Jumladan, gender tenglikni ta’minlash, ayollarning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash e’tibordagi masala ekanligi, oila va xotin-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan har qanday tashabbus qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi.Hayotidan rozi, mehnatidan mamnun ayollarning korxona rivoji, yurt taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu intilishi rag‘batlantirilib, yuksak davlat mukofotlariga munosib ko‘rilayotgani  tilga olindi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Jamiyat negizida ipakchilikni rivojlantirish quvvatini tashkil etish maqsadida  Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpibayeva, “O‘zkimyosanoat”AJ va “Navoiyazot”AJ mutasaddilari viloyatdagi faol tadbirkorlar bilan uchrashdilar.

Muloqotda korxonada yangi korxonani foydalanishga topshirishga qaratilgan ishlar, mablag‘, ish o‘rinlari, texnologiyalar, uskunalar ta’minoti xususida so‘z yuritildi.

Bugungi bozor talabini o‘rgangan holda xaridorgir mahsulot tayyorlashga qaratilgan takliflar ilgari surildi. Bu jarayonda mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi. Maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi galdagi muhim, ustuvor vazifalar belgilab olindi.

"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI

 

 


So'nggi yangilash sanasi: 24.09.2024