Joriy yilning 23-mart kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan, mamlakatimizning, xususan Chirchiq shaharining iqtisodiy hayotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan “Chirchiq” Kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov, Oʻzbekiston va Tatariston hukumati, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, kimyo va neft-kimyo sanoati vakillari, tadbirkorlar, mahalla faollari va faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” kimyo haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual xakatonining 2-kunda bo'lib o'tgan tadbirlardan fotoreportaj.
D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida 2023-2024 oʻquv yili uchun navbatdagi kirish imtihonlari oʻtkazilmoqda.
#OAV biz haqimizda: “Chirchiq” kimyo-industrial texnopark – yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqariladigan oʻziga xos loyiha "Oʻzbekiston 24" - Tahlilnoma koʻrsatuvi
Mamlakatimiz Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Karyera kuni” o‘tkazildi.
“Ўзкимёсаноат” АЖ, Д.И. Менделеев номидаги Россия кимё-технология университетининг Тошкент шаҳри филиали ҳамда Илм-фан ва таʻлим-тарбияни ривожлантириш халқаро “Зиё Форум” фонди томонидан анъанавий “Kimyo girls” республика олимпиадасининг навбатдаги ғолибалари аниқланди.
Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olimpiada ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Dunyoga mashhur “Kansai Chemicals Group” korporatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida bo‘ldi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida mamlakatimizda kimyo sanoatida yuqori faollik va ijobiy natijalar qayd etildi. Mazkur davrda sohada 9,4 trln soʻmlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, belgilangan reja 107,3 foizni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 108,1 foizlik oʻsishni anglatadi.