Hamkorlikda yangi qadam: "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki Yaponiya kimyo sanoati vakillarini qabul qildi

// 21.08.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.03 MB)

Dunyoga mashhur “Kansai Chemicals Group” korporatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida bo‘ldi.

Tashrifning asosiy maqsadi texnoparkning investitsiyaviy salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi va ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. 

Yuqori texnologik loyihalarni joylashtirishga tayyor bo‘lgan mavjud va qurilayotgan ishlab chiqarish maydonlarining salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Texnopark vakillari tomonidan mehmonlarga rezidentlarni qo‘llab-quvvatlash choralari, qo‘llaniladigan soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar, shuningdek, texnopark hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirishning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.

"Kansai Chemicals Group" vakillarining tashrifi “Chirchiq” texnoparkining yirik loyihalarni amalga oshirishda ishonchli hamkor sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.


So'nggi yangilash sanasi: 21.08.2025