O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida “Yilning eng faol yosh kimyogari” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Maʼlumki, kimyo tarmogʻida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli mutaxassislarning kasbiy va bilim darajasini aniqlash, ular orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, innovatsion gʻoya, loyiha, va texnologiyalarini hayotga tatbiq qilish maqsadida “Yilning eng faol yosh kimyogari” koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi.
Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi
2022-yil yanvar-sentyabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 417 tani tashkil etib, 94 tasi yuridik shaxslardan, 323 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 71 tasi qanoatlantirilgan, 346 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.
AOKAda “Oʻzkimyosanoat” AJ axborot xizmati rahbari Hojakbar Toʻlaganov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda tarmoq korxonalarida 2024-yilning oʻtgan 9 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, jamiyatning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda iqtidorli, intiluvchan, faol va tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash maqsadida “Innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Joriy yilning 4 iyun kuni soat 22:16da “Talimarjon” IES energobloki avariyaviy holatda to'xtaganligi sababli “O'zkimyosanoat” AJga qarashli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Natijada jamiyatning tog'-kon va qayta ishlash majmualarining asosiy ishlab chiqarish qurilmalari ish faoliyati 5 iyun soat 00:24gacha to'xtab qoldi. Bundan tashqari jamiyatni suv bilan ta'minlaydigan suv nasoslari ham to'liq to'xtadi. Korxona mutaxasisilari tomonidan yuzaga kelgan holat bartaraf etilishi natijasida 5 iyun soat 05:43da suv ta'minot qayta tiklandi hamda korxona o'z ish faoliyatini boshladi.
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Indoneziya Respublikasi Parlamentining Vakillar palatasi spikeri o'rinbosari R.Gobel boshchiligidagi delegatsiya hamda O'zkimyosanoat” AJ rahbariyati va mas'ul hodimlari ishtirokida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazildi.
Tanlov “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan, jamoat ishlarida faol, iqtidorli 50 yoshgacha bo‘lgan mutaxassis xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.