Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Xususan, kimyo sanoati rivojida ham bunday manfaatli munosabatlarning o‘rni beqiyos. Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilgan hududlararo forumda ishtirok etgan “Navoiyazot”AJ mutaxassislari ikki mamlakat vakillarining kelajakdagi istiqbolli loyiha hamda tashabbuslariga guvoh bo‘lishdi.
Muzokarada tomonlar “Polivinilxlorid (PVX) va kaustik soda ishlab chiqarishni tashkil etish 2-bosqich”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Sirka kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Bundan tashqari, “Oʻzkimyosanoat” AJ va HQC vakillari boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda, jumladan, vinilatsetat, butandiol va boshqa talab yuqori boʻlgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi, xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi S.Abduraxmanova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 87-son Farmoni hamda “Oʻzkimyosanoat” AJning 2022-yil 31-maydagi 73-son “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisini tasdiqlash toʻgʻrisida” qabul qilingan buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 7-, 13-, 14-, 21-, 22-, 23-, 24-, 29-iyun va 6-iyul kunlari “Ammofos-Maxam” AJ, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Fargʻonaazot” AJ, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKlariga xizmat safarlari uyushtirildi.
O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O'zkimyosanoat” AJ, shuningdek, “ENTER Engineering” qurilish kompaniyasi tomonidan “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan tanishtirish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi. Ushbu kompleks O'zbekiston kimyoviy vositalari umumiy hajmining 30% dan ortiq qismini ishlab chiqaradi, sanoatning deyarli barcha tarmoqlari, transport, qishloq xo'jaligi, yoqilg'i-energetika kompleksi, shuningdek, xizmat ko'rsatish, savdo, fan, ta'lim va madaniyat sohalari ehtiyojlarini qondiradi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan press-tur davomida malakali mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga korxona faoliyati va ishlab chiqarilayotgan maxsulot turlari haqida ma'lumot berdi.
2016 yilda “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,3 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 100,6%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1,2 mln. tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 944,2 ming tonna azotli o'g'itlar, 143,0 ming tonna fosforli o'g'itlar va 138,0 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustda tarmoqni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Unga ko'ra ushbu davr ichida 3,1 mlrd. dollarlik 43 investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish dasturlari boʻyicha 2025 yilda amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT I. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirish boʻyicha loyihalar.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 25-aprel sanasidagi yakuni boʻyicha maʻlumotlarni taqdim etadi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 13-iyun sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.