2022-yilning 10 oyi davomida “Oʻzkimyoimpeks” MChJ tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ boʻyicha belgilangan yillik eksport koʻrsatkichi muddatidan oldin bajarildi. Xususan, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida amalda umumiy qiymati 407,3 mln. dollarlik kimyo mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, yillik reja (400,8 mln. dollar) 31-oktabr holatiga 101,7 foizga bajarildi. 2021-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 155 foizga oʻsish taʼminlandi.
Kuni kecha "bakiroo" Telegram kanalida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ faoliyati va ishlab chiqarilayotgan shinalar sifatiga nisbatan bildirilgan fikrlar bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish va OAV bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tasdiqlangan 2020 yil davomida press-tur tashkil etish rejasiga muvofiq, 2020 yil 29-30 oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga press-tur tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” AJ ijroiya apparatining yangi tuzilmasini tasdiqlash.
KUN TARTIBI: “O‘zkimyosanoat” AJ ijroiya apparatining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. Yuklab olish
O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan xorijlik sarmoyadorlar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarini zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminarda Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan bir qator aksiyadorlik jamiyatlari vakillari qatnashdi. Prezidentimiz rahnamoligida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, bo'lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta'minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta'kidlandi.
Joriy yilning 22-iyun sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qoʻshma korxonasiga OAV vakillari uchun press-tur tashkillashtirildi. Unda press-tur ishtirokchilari zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi loyihalar, ishchilarga yaratilayotgan sharoitlar va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.
2016 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 576,6 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,3%) hamda 51,1 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 110,9%) ishlab chiqarildi. Sof holda 328,46 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 266,1 ming tonna azotli o'g'itlar, 35,9 ming tonna fosforli o'g'itlar va 26,46 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2015 yilning yanvar-dekabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2187,5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 108%) hamda 185 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 117,6%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1234,38 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 942,72 ming tonna azotli o'g'itlar, 148,42 ming tonna fosforli o'g'itlar va 143,24 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2015 yilning yanvar-sentabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1646,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 150,5 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 117,7%) ishlab chiqarildi.