“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filiali Vasiylik Kengashining yig'ilishi o'tkazildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan yig'ilishda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, Filial direktori S.N.Filatov, universitet va filial mas'ul xodimlari, Vasiylik kengashi a'zolari, “Indorama”, “Lukoyl O'zbekiston opereyting kompani”, “Sibur xolding” kabi xorij kompaniyalarning vakillari hamda kimyo va neft-gaz korxonalari ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 iyul kuni Angren shahriga tashrif buyurdi. Toshkent viloyatida kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan.