O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustda tarmoqni yanada diversifikatsiya qilish maqsadida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. Unga ko'ra ushbu davr ichida 3,1 mlrd. dollarlik 43 investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Chirchiq kimyo-industrial texnoparkining yangi sanoat maydonini qurilish ishlariga start berildi.
Nobel fondi 9-oktabr kuni 2024-yil kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlarini e'lon qildi.
Bugungi kunda yurtimizda kimyo sanoatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasini yuqori sifatli mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash orqali iqtisodiyotni yanada yuksaltirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan.
Janubiy Koreyaning Dejon va Yeosu shaharlarida KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) tomonidan tashkil etilgan “Kor-UZ”qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida seminar boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston kimyo sanoatining raqobatbardoshligini oshirish hamda Oʻzbekiston Kimyo Texnologiyalari Markazini (UzCCT) yanada rivojlantirishga qaratildi.
Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar yildan-yilga mustahkamlanib, yangi yoʻnalishlarda rivojlanmoqda. Jumladan, strategik va istiqbolli sohalardan biri kimyo sanoati yoʻnalishida ham. Har ikki mamlakatning kimyo sanoatini rivojlantirishdagi istiqbollari va zamonaviy texnologiyalar, ekologik barqarorlikni taʼminlashdagi tajribalarini hisobga olgan holda, mazkur sohadagi hamkorlik iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Mazkur forumda “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Ammofos-Maxam” AJ, "Farg'onaazot" AJ, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKlarda faoliyat yuritayotgan yosh kimyogar mutaxassislar, shuningdek, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari - jami 200 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda.
Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi
Mazkur biznes-tur ayni kunlarda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida oʻtkazildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: 2023-yil yakuni boʻyicha Xitoyning kimyo sanoati korxonalarida 66,1 mingta sanoat roboti ishlagan. Bu koʻrsatkich boʻyicha mamlakat dunyoda birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrinda AQSh (29,8 mingta), uchinchi oʻrinda esa Germaniya (22,9 mingta) joylashgan.