Agar siz bakalavr yoki magistratura talabasi bo'lsangiz va kimyo sohasida o'zingizni isbotlamoqchi bo'lsangiz, sizni Kimyo Girls Respublika olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilamiz.
“28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan kimyo korxonalarida qator tadbirlar oʻtkazildi.
№ Jismoniy shaxsning F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi Joylashgan yeri (yashash joyi) (davlat, viloyat, shahar, tuman) Ular affillangan shaxs deb e’tirof etilish asosi Asos(lar) sodir etilgan sana 1.
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ tomonidan “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida birja savdolarini oʻtkazish Qoidalari” (“OʻzRTXB” AJ Kuzatuv Kengashining 2023-yil 16-oktyabrdagi bayoniga muvofiq birja savdolarini oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib, 2023- yilning oktabr oyidan savdolarni pasayish tomon auksion turida oʻtkazish ham yoʻlga qoʻyilgan.
Bugun 24 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining metematika fani bo'yicha birinchi kirish imtihoni O'zbekiston Milliy universiteti hududida bo'lib o'tdi. Imtihonlar 24-26-28 avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
7-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan “15-may – “Xalqaro oila kuni” va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini nishonlash maqsadida, vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida Gimnastrada festivali bo‘lib o‘tdi.
BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr –Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan “Oʻzkimyosanoat “ AJda ijroiya boshqaruv apparati xodimlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul vakili ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
"Qizilqum fosforit kompleksi" mas'uliyati cheklangan jamiyatida xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida joriy yilning 21-iyun kuni MCHJ direktori Farrux Samadov hamda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi – xotin-qizlar kengashi raisi Sanobar Abduraxmanova boshchiligida xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisligiga saylov o'tkazildi.
Milliy liboslar nafaqat o‘zbek ayollarining go‘zalligini namoyon etadi, balki ularning millat sha’ni va g‘ururini ulug‘lashga bo‘lgan intilishini ham namoyon etadi.
Qashqadaryo viloyat hokimligida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qashqadaryoda ibratli oila namunasi bo‘lib kelayotgan, farzandlar tarbiyasi va ularning ilmli hamda kasb-hunarli bo‘lishi, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh oila vakillarini o‘z ortidan ergashtirishga katta xizmat qilayotgan oila vakillari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.