«O'zkimyosanoat» AJ O'zbekiston Respublikasining kimyo korxonalarning birlashtiridigan korporativ tuzilma hisoblanadi. Jamiyat kimyo korxonalarining rivojlantirish uchun sanoat, innovatsion, marketing dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shu bilan sanoatning barqaror rivojlanishini olib boradi.
2023-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 510 ta (2022-yilda 528 ta) ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinganida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 34 ta, Buxoro viloyatidan 3 ta, Jizzax viloyatidan 16 ta, Qashqadaryo viloyatidan 149 ta, Navoiy viloyatidan 142, Namangan viloyatidan 3 ta, Samarqand viloyatidan 5 ta, Sirdaryo viloyatidan 2 ta, Surxandaryo viloyatidan 2 ta, Toshkent viloyatidan 71 ta, Fargʻona viloyatidan 326 ta, Xorazm viloyatidan 2 ta, Toshkent shahridan 43 ta, boshqa hududlardan 6 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 30 tasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlardir.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqat – eng oliy burchimizdir!” mavzusida tadbir tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha vatandoshlarimiz va yurtimiz mexmonlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi bayrami bilan muborakbod etadi! O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bosh qomusimiz bo'lib, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi eng asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu tarixiy kunda barchangizga va oila a'zolaringizga sixat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik va hotirjamlik barqaror bo'lsin!
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi uchastka boshligʻi Safarov Sunnatillo Suyunovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi smena katta ustasi Abror Aslonovning “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangani barcha korxona xodimlarini ruhlantirdi. Soha vakilining kelgusi maqsadi ham kimyo sanoati rivojiga hamohang.

Tug'ilgan yili va joyi: 1968 y., Rossiya, Krasnoyarsk shahri.
Ma'lumoti: oliy, Tomsk politexnika instituti (1994 y.).
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi neft-gaz kimyosi sanoatidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan asosiy vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishning 93-son bayonnomasiga asosan o'tkazilayotgan tanlov “O'zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida yuqori texnologiyalarga ega bo'lgan raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ni yaratish uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mahalliy yoki ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash orqali joriy etishga qaratilgan. Taklif etilayotgan loyihalar amaliy natijaga ega bo'lishi va O'zbekiston Respublikasi hududida ushbu loyihani amalga oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bo'lishi zarur.
Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xotin-qizlarning sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika Federatsiyasi tomonidan Vazirlik va idoralar xodimalari va ularning oila aʻzolari oʻrtasida "Gimnastrada hamma uchun!" sport festivali oʻtkazildi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2023-yil 1-noyabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.