Loyiha maqsadi: Dexqonobod kaliy o'g'itlari zavodi ishlab chiqarish miqdorini yiliga 200 mingdan 600 ming tonnaga kengaytirish. Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar: yillik ishlab chiqarish kuchi: 400 ming tonna; sotuv mahsuloti hajmi: 128,9 mln.
Uchrashuvda korxonada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yosh mutaxassislar va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, ularning mehnati, huquq va majburiyatlari xususida so‘z bordi
Milliy liboslar insonda milliy iftixor, orzu-umid, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʻanalarimizga hurmat ruhini uygʻotadi.
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida “Oʻzkimyosanoat” AJda faoliyat olib borayotgan bir qator mutaxassis ayol-qizlar Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan xalqchil islohotlar muvaffaqiyatidagi faol ishtiroki, rahbariyat tomonidan berilayotgan topshiriqlarni oʻz vaqtida samarali va sidqidildan bajarishda munosib hissasini qoʻshganligi, jamiyatda ish samaradorligini oshirishda jonbozlik koʻrsatgani uchun Boshqaruv raisi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.
19-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Ushbu tadbirda “Oʻzkimyosanoat” AJ ham faol ishtirok etdi.
“Navoiyazot” AJda suvni zararsizlantirish uchun xlor tabletkalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish uchun sanoat - tajriba qurilmasi yasaldi. Mahsulotning sinov partiyasi ishlab chiqarildi va hozirda tegishli normativ hujjatlar va tavsiyanomalar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Xlor tabletkalaridan ichish va texnik suvni zararasizlantirish, suzish havzalarni,sanitar-taxnik uskunalarni tozalash uchun foydalanish mumkin.
21-oktabr-"O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari o'rtasida "Kitobxon xodim" tanlovi o'tkazildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Buffalo universiteti mutaxassislari suv va havodan ammiak ishlab chiqarish imkonini beruvchi plazma-elektrokimyoviy reaktorni yaratishdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Stenford universiteti va qirol Fahd neft va minerallar universiteti tadqiqotchilari shamol energiyasidan foydalangan holda havodan toʼgʼridan-toʼgʼri ammiak ishlab chiqaradigan innovatsion qurilmani ishlab chiqishdi.
Mazkur yoʻnalishda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining 2024-2025-yil kuz-qish mavsumi davomida barqaror ishlashi va Energetika xavfsizligi darajasini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirish, yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish evaziga energiya samaradorligini oshirish choralari koʻrilmoqda.