Jahom kimyo sanoati xabarlari: 2050-yilga borib jahonda vodorod ishlab chiqarish 80% ga oshib, 14,3 million tonnaga yetishi mumkin.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonida hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida yirik sanoat korxonalari tashlamalarini keskin qisqartirish maqsadlari ilgari surilgan.
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanov va “Ximgrad” AJ bosh direktori Ayrat Gizzatullin hujjatlar almashishdi. Shuningdek, biznes-forum doirasida Chirchiq texnoparkiga 12 nafar yangi rezidentni qabul qilish bo‘yicha umumiy qiymati 108 million dollarlik shartnoma imzolandi.
"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati tarkibida, O'zbekiston Respublika mahsulot-xom ashyo birjasida akkreditatsiyadan o'tgan, tarmoq savdo maydonchasi "Xamkor-Kimyoservis" MChJ faoliyat olib bormoqda. Mazkur savdo tashkiloti yordamida O'zbekistondagi kimyo tarmog'iga oid barcha korxonalari o'z mahsulotlarini ham ichki ham tashqi bozorga maksimal darajadagi samara va minimal harajatlar asosida savdo qilish imkoniga ega bo'lishmoqdi.
"Maxam-Chirchiq" AJ yoshlarni ijtimoiy huquqiy tomondan himoya qilish, ularni sog'lom turmush tarziga jalb qilish, dunyoqarashini kengaytirishda o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan "Eng faol tashkilot" deb topildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarda korrupsion omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada korrupsiyaning oqibatlari bilan emas, balki uning sabablari bilan kurashish, barvaqt oldini olish va unga chek qoʻyish maqsadida tegishli tadbirlar belgilab olindi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (12 ta oʻrin) va doktorlik (PhD, 10 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida barcha xarajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi! Oʻqishni muvaffaqqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti – Kimyo texnologiyalari markazida oʻz faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishadi! Hujjatlar 2022-yilning 31-iyuligacha qabul qilinadi.
Xususan, tabiiy fanlarga moʻljallangan sinfxonalar, laboratoriya xonalari zarur jihozlar va uskunalar bilan taʼminlanib, oʻquvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
“Oʻzbekiston 24” telekanalida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati va “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan OAV uchun texnoparkka tashkil qilingan press-tur haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Kurash sport turini rivojlantirishda qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.