Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot haftaligi doirasidagi “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari forumi” davom etmoqda.
Yurtimizda bahorning ilk kunini har yili O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludi bilan qarshi olish anʼanaga aylangan. Uning xalqimiz qalbiga singib ketgan “Hayot jilosi”, “O‘rik gullaganda”, “Xayollar”, “Sog‘inish”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” kabi qator sheʼrlarida chin maʼnoda hayot nafasi ufurib turadi.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialining birinchi kurs talabalari uchun 2020-2021 o'quv yilining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filial ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, filial direktori S.N.Filatov, filial xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.
Uglerod elementining kimyoviy xossalari yillar davomida koʻplab tadqiqotlar mavzusi boʻlib kelgan. Bu sohadagi kuzatishlar bizni Yerdagi hayot evolyutsiyasi sirlarini, shuningdek, uning koinotning boshqa joylarida rivojlanish imkoniyatlarini tushunishga undaydi.
Maʼlumki, Davlatimiz rahbarining 2018-yil 27-apreldagi “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3682-son Qaroriga asosan har yili anʼanaviy tarzda “InnoWeek.Uz“ xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi oʻtkazib kelinmoqda.
2024-yilning kuz mavsumida "Maxam-Chirchiq" AJda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 95 864 tup ko'chat va butalar ekildi.
Bu jarayonda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan sanoat korxonlarining faolligi ayniqsa, muhim. “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonlarida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 16-yanvar kuni “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ, D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahri filiali hamda Ilm-fan va taʻlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi tomonidan anʼanaviy “Kimyo girls” respublika olimpiadasining navbatdagi gʻolibalari aniqlandi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Global Impact Coalition koalitsiyasi (Jeneva, Shveysariya) avtomobil plastik qismlarini qayta ishlashning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi. 2025 yilning mart oyida KlaasBoer, Reyond va Steinert dastlabki 100 ta avtomobilni demontaj qilishni, uning qismlarini maydalab, ularni oʻn turdagi plastikka ajratishni boshlaydi. Pilot loyiha yetti oydan toʻqqiz oygacha davom etishi kutilmoqda.