Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi arafasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Jamiyatda uzoq yillar davomida mehnat faoliyatini olib borgan pensionerlar holidan xabar olinib, ularga bayram sovgʻasi sifatida zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi topshirildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning Sulzer kompaniyasi polistirol materiallarini kimyoviy qayta ishlash uchun moʻljallangan EcoStyrene texnologiyasini ishga tushirganini eʼlon qildi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, ushbu texnologiya turli xil ifloslantiruvchi moddalarni oʻz ichiga olgan polistirol chiqindilarini qayta ishlash imkonini beradi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Germaniyaning Biophelion startapi Aureobasidium pullulans nomli xamirturushga oʻxshash qora zamburugʻ yordamida plastik chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha yangi texnologiyani taklif qildi. Ushbu zamburugʻ turli muhit sharoitida yashay oladi va eng muhimi, keng turdagi organik birikmalarni parchalash qobiliyatiga ega.
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida, Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻz faoliyatini boshladi.
Vuds-Xoul Okeanografiya instituti tadqiqotchilari sellyuloza diatsetatining (CDA) modifikatsiya qilingan versiyasi asosida yangi turdagi bioplastikni ishlab chiqishdi. Ularning fikricha, bu material dengiz suvida shu kungacha maʼlum boʻlgan boshqa plastiklarga qaraganda tezroq parchalanadi.
Polivinilxlorid polietilen va polipropilendan so‘ng dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan sintetik plastik polimerlar qatorida 3-o‘rinda turadi. Tabiiyki, oq va mo'rt holatdagi PVX qurilish, sog'liqni saqlash va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llaniladi.
Ayni kunlarda respublikamizda 9-may - Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshiriladigan aniq ustuvor loyihalar belgilangan.
Innovatsion, energiya tejamkor, yashil texnologiyalar asosidagi loyihalar bugunning zarurati. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qadoqlash sohasiga oid bo‘lsa, uning ahamiyati yanada ortadi.