Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda yurtimiz Mustaqilligining 34 yilligi hamda korxona tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida bir qator tadbirlar oʻtkazildi.
Korrupsiya – davlat taraqqiyotining asosiy kushandasi boʻlib, uning davlat va jamiyatga yetkazadigan zarari boshqa jinoyat turlariga nisbatan ancha keng qamrovlidir. Bu zarar nafaqat moddiy yoki maʼnaviy talafotlarda, balki koʻpincha oʻrnini qoplab boʻlmaydigan yoʻqotishlarda ham namoyon boʻladi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Xitoyning Sun Yatsen universiteti olimlari sanoat gazlarini oʻgʻitlar va kimyoviy moddalar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo boʻlgan karbamidga aylantirish yoʻlini topdi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Nottingem universiteti olimlari aviatsiya, temir yoʻl va sanoat tarmoqlari uchun yuqori samarali qoplamalar ishlab chiqaruvchi Indestructible Paint kompaniyasi bilan hamkorlikda bakteriya va viruslarni oʻldiradigan boʻyoq yaratishdi.
Ish o‘rni nomi: “1C” dasturchi Qabul qilinadigan xodimlar soni: 5 nafar Quyidagilarni bilish kerak: - “1C” – axborot tizimida konfiguratsiyalash va dasturlash, yangi konfiguratsiyalar ishlab chiqish; - “1C” 7.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o'tkazilayotgan “Mustaqillik – bebaho ne'mat” mavzusidagi esselar tanlovi kimyo sanoati tizimida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash, mustaqillikni bebaho qadriyat sifatida keng targ'ib etish va u bergan imkoniyatlardan unumli foydalanish, o'zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqe va nufuzini mustahkamlash, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tilishini ta'minlash va ishchi-xodimlarning savodxonligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratilgan.
Xalqaro kimyogarlar jamoasi organik kristallar yordamida suv bugʻidan elektr energiyasisiz suv yigʻib oluvchi kompozit material ishlab chiqdi. U ingichka iplarga oʻxshaydi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: 2025-yil boshida jahon oziq-ovqat plyonkasi bozorining hajmi 11,8 milliard dollarga baholanmoqda. 2030-yilda prognoz davrida oʻrtacha 4,35 foiz oʻsish surʼati bilan 14,6 milliard dollarga yetishi mumkin. Bu haqda Mordor Intelligence kompaniyasining soʻnggi tadqiqotida maʼlum qilingan.
Oʻz navbatida ushbu ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati “Oʻzkimyosanoat” AJ va uning xodimlarini korrupsiyaga qarshi talablar va axloqiy meʼyorlarni hisobga olgan holda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini vijdonan bajarishi, qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilishi, teng raqobat tamoyillariga amal qilishi va halollik, ochiqlik va vijdonlilikning korporativ madaniyatini shakllantirish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 21 oktabr O'zbek tili bayrami kuni va o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan “Til – millat ko'zgusi” mavzusida videokonferentsaloqa shaklida tadbir tashkil etildi.